Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi jarohat oldi

Messi jarohat oldi

Foto: Leonardo Fernandez / Getty Images

Lionel Messi Ligalar kubogi doirasida «Inter Mayami»ning «Nekaksa» (Meksika)ga qarshi o‘yinida 11-daqiqada almashtirildi. Messi sonidan jarohatlangan, deb yozdi AP.

Jarima maydonchasi yaqinida 8-daqiqada ikki himoyachi bilan kurashda argentinalik yulduz yiqilgan va qo‘li bilan gazonni mushtlagan. So‘ngra indamay zaxira o‘rindig‘i tomon yo‘l olgan. Ikki-uch daqiqa unga yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng almashtirishga qaror qilishgan.

O‘yindan keyingi intervyuda «Inter Mayami» bosh murabbiysi Xaver Maskerano Messi og‘riqni his qilmaganini, ammo sonining tizzadan tepa qismida noqulaylik sezganini aytgan. Tibbiy ko‘rikda tafsilotlar ma’lum bo‘ladi.

O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugadi, penaltilar seriyasida «Inter Mayami»ning omadi keldi — 5:4.

Ligalar kubogi — MLS va Meksikaning MX-ligasi klublari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan turnir.

Lionel Messi faoliyati davomida son qismidan bir necha marta jarohat olgan. Chap soni mushagidagi jarohat sababli, u mart oyida terma jamoadagi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring