Messining «Inter Mayami»dagi yangi maoshi ma’lum bo‘ldi
Lionel Messi yangi shartnomasi asosida «Inter Mayami»da 2026 yilda asosiy maosh sifatida 25 million AQSh dollari oladi.
Shu tariqa argentinalik yulduzning joriy yilda kafolatlangan jami daromadi 28,3 million dollardan oshishi kutilmoqda.
«Inter Mayami» 2026-yilda futbolchilarga jami 54,6 mln dollar to‘laydi. Solishtirish uchun: bu borada ikkinchi o‘rindagi «Los-Anjeles» jami 32,7 mln, ligada eng past ko‘rsatkichga ega «Filadelfiya» 11,7 mln dollar yillik maosh to‘laydi.
Messi «Inter Mayami» bilan 2023-yil iyulida imzolagan ilk shartnomada 12 mln dollar asosiy va taxminan 20,5 mln dollar yillik kafolatlangan to‘lov ko‘zda tutilgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter