Metro bekatlari atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi
Metroda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi.
«Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–191-son, 15.05.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2030-yilgacha metropolitenda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:
-metropolitenda tashiladigan kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 mln nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;
-harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish va boshqalar.
2028-yil yakuniga qadar:
- metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga o‘tish yo‘laklarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda vending apparatlari va kichik ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirish choralari ko‘riladi;
-metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi «Park & Ride» tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
- avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish;
- avtoturargoh to‘lovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlarini joriy etish.
-xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter