Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Microsoft Windows uchun 2024-yilning eng yaxshi ilovalari e’lon qilindi

Microsoft Windows uchun 2024-yilning eng yaxshi ilovalari e’lon qilindi

Foto: Microsoft

Microsoft kompaniyasi Microsoft Store Awards an’anaviy tanlovi doirasida Windows uchun 2024 yilning eng yaxshi ilovalarini aniqladi. Natijalar kompaniya blogida e’lon qilindi.

Tanlov jami 14 yo‘nalish, jumladan, o‘yinlar, biznes-dasturlar, sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarni qamrab oldi. Tanlovda faqat Microsoft Store rasmiy do‘konida mavjud ilovalar qatnashdi. 

Dijeylar musiqa va setlar yaratishda foydalanuvchi dJay Pro Algoriddim neyrotarmoqli utilitasi sun’iy intellektli eng yaxshi dastur deb topildi.

«Hayot tarzi» toifasida smartfon, planshet, noutbuk va bulutli saqlagichlar bilan sinxron ishlovchi shaxsiy kundalik — Diarium tengsiz bo‘ldi

«Moliya» yo‘nalishi g‘olibligi valyutalar, aksiyalar, kriptovalyutalar kurslarini kuzatib borish, moliya yangiliklari va tahlillari bilan tanishish imkonini beruvchi TradingView ilovasiga nasib etdi.

Taqdimotlar yaratish, loyihalar ustida birgalikda ishlash, onlayn uchrashuvlarni tashkillashtirishda qo‘llaniluvchi Gamma ilovasini kompaniya eng yaxshi biznes-dastur deb topdi.

Shuningdek, boshqa g‘oliblar:

  • Ta’lim — Typing Land;
  • Sermahsullik — Todoist;
  • Eng yaxshi musiqiy ilova — Apple Music;
  • Eng yaxshi tibbiy ilova — Complete Anatomy 2024;
  • Dasturchilar uchun eng yaxshi vosita — oh-my-posh;
  • Salomatlik va fitnes — f.lux;
  • Kreativlik — Adobe Express;
  • Windows uchun eng yaxshi ijtimoiy tarmoq — Pinterest;
  • Eng yaxshi o‘yin — Asphalt Legends Unite;
  • «Yangi yulduz» — Endel Music (ish, meditatsiya va ta’lim uchun musiqalar generatsiya qiluvchi ilova).

G‘olib ilovalarning mualliflariga Microsoft eksklyuziv nishonlari, Microsoft Store bosh sahifasidagi opsiyalardan bepul foydalanish imkoniyati hamda Surface Pro 11 kompyuterlari topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring