Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi soddalashtirildi

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi soddalashtirildi

Foto: «Dopo»

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Mikrokredit tashkiloti filial tashkil qilishda so‘raladigan talablar qisqartirildi. Xususan, endilikda mikrokredit tashkiloti litsenziya olingan kundan boshlab kamida ikki yildan ziyod o‘z faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi hamda Markaziy bankning talablariga javob berishi shart emas.

Yana bir o‘zgarishga ko‘ra mikrokredit tashkilotining to‘lov muddati 30 kundan ortiq kechiktirilgan muddati o‘tgan kreditlarning summasi oxirgi 6 oy davomida mikrokredit tashkiloti kredit portfelining 5% dan kam miqdorini tashkil etgan holatlarda qoniqarli moliyaviy holatga ega deb topilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring