Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev poytaxt drenaj tizimi ishiga jiddiy e’tiroz bildirdi

Mirziyoyev poytaxt drenaj tizimi ishiga jiddiy e’tiroz bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentimiz Toshkent shahridagi holatga alohida to‘xtaldi. Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirildi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatgani qayd etildi.

Drenajni to‘g‘irlashni o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

So‘nggi vaqtlarda yurtimizda chang bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘layotgani qayd etildi.

Bunga global iqlim o‘zgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Cho‘llardagi o‘simliklar turlari ham keskin kamaygan.

Davlatimiz rahbari aholi ko‘payib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga e’tibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan-yilga ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.

Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Qo‘mitaga yil yakunigacha cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring