Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Tumanda davlat rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning aniqlik kiritishicha, u yerda prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
“Tadbirda davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter