Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mirzo Ulugbek Innovation Center»ga yangi rahbar tayinlandi

«Mirzo Ulugbek Innovation Center»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

«RoboKidz» robototexnika maktabi asoschisi Timur Azamatov «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi direktori etib tayinlandi. Avvalgi rahbar bu vazifaga tayinlanganidan uch oy o‘tib, ishdan bo‘shagan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Timur Azamatov (1980 yilda tug‘ilgan) 2002 yili Frg‘ona politexnika universitetini tamomlagan. 2009 yili Angliyaning Raskin universitetida magistrlik darajasini olgan. 2014 yilda o‘zbek-yapon markazida tahsil olgan, 2015 yilda esa «RoboKidz» maktabiga asos solgan.

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi 2017 yil iyunda prezident farmoniga ko‘ra tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring