Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda yong‘in yuz berdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda yong‘in ro‘y berdi.
13-oktyabr kuni Toshkent shahar FVBGA "112" tizimi orqali, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-maktab hududidagi ta’mirlanayotgan bo‘sh binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga yetib borib, yong‘in qurshab olingan va bartaraf etilgan. Yong‘in vaqtida maktab xodimlari va o‘quvchilar bo‘lmagan.
Hodisaning sababi ta’mirlash ishlari vaqtida yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganlikdan deya taxmin qilinmoqda, zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter