Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva aeroportlarida mingdan ortiq tojikistonlik qolib ketyapti – Tojikiston TIV

Moskva aeroportlarida mingdan ortiq tojikistonlik qolib ketyapti – Tojikiston TIV

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva aeroportlarida mingdan ortiq mamlakat fuqarosi saqlanayotganini bildirdi.

Bayonotda qayd etilishicha, 27-aprel holatiga birgina Vnukovo aeroportidagi vaqtinchalik hibsxona Tojikistonning 954 fuqarosi, jumladan, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar ham saqlanyapti.

Qo‘shimcha qilinishicha, aeroport chegara-nazoratidagi uzoq kutishlardan so‘ng 322 nafar Tojikiston fuqarosi ichkariga o‘tkazilgan.  Shu bilan birga, Rossiya tomoni yana 306 kishini mamlakatga kiritilmaydiganlar ro‘yxatiga qo‘shishni rejalashtiryapti.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Jukovskiy, Domodedovo va Sheremetevo aeroportlarida ham og‘ir vaziyat kuzatilayotganini, ularda o‘nlab odamlar vaqtinchalik saqlash zonasida saqlanayotganini ma’lum qildi. Vazirlikning qayd etishicha, Tojikiston fuqarolari noqulay sharoitlarda saqlanyapti va ular issiq ovqat bilan ta’minlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel oqshomida Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirgan va yuzlab fuqarolar Qozog‘istonning Janubiy Ural viloyati va Rossiyaning Orenburg viloyati chegarasida qolib ketganini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring