Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada Markaziy osiyolik migrantlar ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi

Moskvada Markaziy osiyolik migrantlar ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi

Moskvaning janubi-sharqida mehnat muhojirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ommaviy mushtlashuvda 20 ga yaqin kishi hibsga olindi. Ziddiyat to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Interfaks agentligi.

Moskva Ichki ishlar vazirligi shtab-kvartirasi matbuot xizmati xabarni tasdiqlagan.

«Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan, ommaviy mushtlashuvning yigirmaga yaqin eng faol ishtirokchilari hibsga olingan», — deydi agentlik manbasi.

Metropoliten politsiyasining ta’kidlashicha, janjaldan so‘ng «bir qator fuqarolar» politsiya bo‘limiga olib ketilgan. 

«Kuzminki metrosi yaqinida fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Politsiya va Rosgvardiya xodimlari jamoat tartibini buzishni oldini olish choralarini ko‘rdilar. Bir qator fuqarolar hududiy ichki ishlar idoralariga olib kelindi» — deb xabar qilgan Moskva Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Mojaro ishtirokchilari bir necha nafari tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishgan. Uch jabrlanuvchi kasalxonaga yuborilgan, qolganlarga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mushtlashganlar orasida qurbonlar bor. Jarohatlar asosan pichoq bilan yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring