Motorola flagmanlarga raqib tayyorlayapti

Moto Edge 30 Ultra.
Motorola kompaniyasining yangi flagmani haqidagi ma’lumotlar internetda tarqaldi, bu haqda «GSMArena» yozmoqda. Frontier kod nomi berilgan yangi smartfon, agarda sizdirilgan ma’lumotlar rost bo‘lsa, uncha-muncha flagmanga munosib raqobatchi bo‘ladi.
Yangi smartfonga 6,67 dyuymli qabariq OLED-displey (FHD+, 144 Gs chastota) o‘rnatiladi. Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1 yoki shunga o‘xshash protsessor o‘rnatilishi kutilyapti. Operativ xotirasi — 8/12 GB, ichki xotirasi — 128/256 GB talqinlarda taqdim etilishi mumkin.
Eng muhim jihatlardan biri, Motorola Frontierda asosiy kamera vazifasini 200 megapikselli sensor (Samsung S5KHP1) bajarishi taxmin qilinmoqda, qolgan kameralari ham chakki emas: 50 MP keng burchakli ob’yektiv (Samsung S5KJN1SQ03 (JN1) hamda 12 MP teleob’yektiv (IMX663).
Frontal kamerada esa xuddi Edge X30dagi singari 60 MP OmniVision OV60A qo‘llanilishi mumkin.
Frontier quvvatni Type-C port (125 Vt) orqali hamda simsiz (50 Vt) usulda oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter