Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi hamrohligida «MUFG» banki vakillari «Uzbekistan GTL» zavodiga tashrif buyurishdi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi hamrohligida «MUFG» banki vakillari «Uzbekistan GTL» zavodiga tashrif buyurishdi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev hamrohligida «MUFG» banki xalqaro hamkorlik bo‘yicha departamenti boshlig‘i Ayman Mukanova «Uzbekistan GTL» zavodida bo‘lib, sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilish holati bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida GTL zavodida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarni ishlab chiqarish joriy holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berilishi jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Boshqaruv raisi va mas’ul mutaxassislar hamrohligida bank vakillari «Uzbekistan GTL» zavodining markaziy boshqaruv binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali zavodning 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng, «MUFG» banki vakillariga zavod qurilmalarining texnologik ishlab chiqarish jarayonlari, jumladan 20-,30- va 50-sonli asosiy ishlab chiqarish qurilmalarining texnologik jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Boshqaruv raisi «Uzbekistan GTL» zavodida bugungi kunga qadar umumiy hisobda 160 ming tonnaga yaqin sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilganligini va uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinayotganligi va ist’yemolchilarga yetkazib berilayotganligini alohida e’tirof etdi.

Tashrif yakunida «Uzbekistan GTL» zavodining ishchilar shaharchasida kompaniyaning xodimlariga yashash va maroqli dam olish uchun yaratib berilgan sharoitlari bilan tanishib chiqildi. 

Ma’lumot uchun. «MUFG» banki «Uzbekistan GTL» loyihasi doirasida moliyashlashtirilish doirasida Koreyaning eksport-import banki va Koreya savdo sug‘urta korporatsiyasining sug‘urta qoplamasi ostida 100 mln. AQSh dollari ajratgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ va Yaponiyaning «MUFG Bank Ltd» banki bilan o‘zaro hamkorlik doirasida 2021 yilning 30 dekabr sanasida imzolangan kredit shartnomasiga asosan korparativ maqsadlar uchun 50,0 mln.doll., 2022 yil 9 iyun kuni imzolangan kredit shartnomasiga asosan 50,0 mln. doll. jami 100,0 mln. doll. miqdorida tug‘ridan-to‘g‘ri kreditlar jalb etilgan.

Shu bilan birga, Samarqand shahrida joriy yilning 3-4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan «II O‘zbekiston Iqtisodiy forumi» doirasida bank va jamiyat o‘rtasida 500,0 mln. doll. miqdorida «ESG» loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuv deklaratsiyasi imzolandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring