Muhim siyosiy jarayon. Rossiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 18-mart kuni Rossiya Federatsiyasida Prezident saylovi boshlandi. Rus nashrlarining xabariga ko‘ra, eng birinchi bo‘lib saylov uchastkalari Chukotka avtonom okrugi va Kamchatka o‘lkasida ochilgan.
Moskva vaqti bilan 01:00 saylov uchastkalari Primore, Xabarov o‘lkasi va Yevreylar avtonom okrugida ochilgan. Amuroldi, Yoqutiston va Baykalortida esa Moskva vaqti bilan 02.00da ovoz berish jarayoni boshlangan, deyiladi «Sputnik» nashri xabarida.
Prezident saylovlarida ovoz berish soat 08.00dan 20.00ga qadar bo‘lib o‘tadi. Saylov uchastkalari soni jami 97 mingtani tashkil etadi, ulardan 400dan ortig‘i xorijda joylashgan.
2018-yilgi federal saylovlarda ilk bor yangi mexanizm qo‘llanilmoqda — bunda Rossiya fuqarolari o‘zlari bo‘lib turgan hududdan ovoz berish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova ma’lumotiga ko‘ra, o‘zlari bo‘lib turgan hududdan ovoz beradigan rossiyaliklar soni 5,5 million nafarni tashkil qiladi.
Rossiyadagi saylovlar jarayonini 109 mamlakatdan bir yarim ming nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatib boradilar. Ularning orasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham bor.
Biz O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi bilan bog‘lanib, u yerdagi ahvol bilan qiziqdik. Elchixonadan ma’lum qilishlari, u yerda saylov uchun hamma sharoit yartilgan. Rossiyadan maxsus ekspertlar ham tashrif buyurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter