Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murodjon Ahmadaliyev filippinlik Marlos Tapalesga yengilib, kamarlarini boy berdi

Murodjon Ahmadaliyev filippinlik Marlos Tapalesga yengilib, kamarlarini boy berdi

Kecha, 8 aprel kuni tunda Murodjon Ahmadaliyev filippinlik Markos Tapalesga qarshi jang o‘tkazdi.

Jang 12 raund davom etdi. Dastlabki uch raundda Murodjon juda sust harakat qildi. 4-raundni o‘z foydasiga hal qildi. 5-raundda Tapales, keyingi ikki raundda Murodjon faol bo‘ldi.

8-raundda teng kurash kechgan bo‘lsa, 9 va 10-raund Ahmadaliyevning ustunligi ostida o‘tdi. 11-raundda bokschilar zarbalar almashdi. 12-raund esa to‘liq Murodjonning foydasiga hal bo‘ldi.

Yakunda hakamlarning ikkitasi Tapales g‘alabasini qayd etdi va Ahmadaliyev WBA hamda IBF kamarlarini boy berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring