Muvofiqlashtiruvchi kengashga o‘tkazgan tadqiqotlari natijalarini sotishga ruxsat beriladi

Prezidentning joriy yil 2-yanvardan kuchga kirgan PQ-467-son qarori bilan tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tuzilgan Muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bu haqda Prezidentning 10-fevraldagi PQ-48-son qarorida belgilab qo‘yildi.
Hujjatga muvofiq, jamg‘arma mablag‘lari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi, jumladan:
- muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
- tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish;
- ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga esa quyidagilarga ruxsat beriladi:
- Jamg‘arma mablag‘larini milliy va xorijiy valyutalarda bank depozitlariga joylashtirish;
- grantlar va beg‘araz texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga to‘lov asosida tadqiqotlar natijalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish hamda tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini berish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter