Muxlislarga vaqt ajratgan poygachi qimmatbaho soatidan ayrildi
«Formula-1»ning monakolik poygachisi Sharl Lekler 300 ming yevrodan qimmatroq turadigan Richard Mille soatini o‘g‘irlatib qo‘ydi.
Voqea Lekler shaxsiy mashinasidan tushayotgan paytda yuz bergan. Uni tanib qolgan muxlislar qurshab olishgan, birga suratga tushishgan, o‘g‘ri esa qo‘lidagi soatni yulib olib qochib ketgan.
Poygachi politsiyaga murojaat qilganidan so‘ng tergov-surishtiruv boshlangan. Politsiya o‘g‘irlik sodir etilgan joydagi kuzatuv kameralarini ham tekshirmoqda.
24 yoshli Sharl Lekler to‘rt yildan buyon «Ferrari» jamoasi a’zosi. Bu yilgi mavsumda u uchtadan ikkita bosqichda g‘olib bo‘lib, 71 ball bilan konstruktorlar kubogida peshqadamlik qilyapti. Yaqin ta’qibchisi Jorj Rassel («Mersedes») hisobida 37 ochko bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter