Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Isroil hukumatining vijdonsiz siyosati...» — Sobiq bosh vazir keskin chiqish qildi

«Isroil hukumatining vijdonsiz siyosati...» — Sobiq bosh vazir keskin chiqish qildi

Kanada hukumatining Tel-Avivga qurol sotishni to‘xtatish haqidagi qaroriga Isroil sobiq bosh vaziri va muxolifati yetakchisi Yair Lapid izoh berib, «hozirgi hukumatning vijdonsiz siyosati tufayli Isroil xalqaro munosabatlarda tanazzulni boshdan kechirayotgani»ni aytdi.

«Noto‘g‘ri boshqaruv va vijdonsiz hukumat tufayli Isroilning xalqaro munosabatlari barbod bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz», deb yozdi muxolifat yetakchisi.

Bir kun avval Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli «Toronto Star» gazetasiga bergan intervyusida Falastin bo‘yicha Jamoatlar palatasi (parlament quyi palatasi) tomonidan qabul qilingan taklif majburiy emasligiga qaramay, Kanada hukumati Isroilga qurol eksport qilishni to‘xtatishini aytdi. Jolining ta’kidlashicha, taqiq «ramziy bo‘lmaydi».

Quyi palata tomonidan yangilangan taklif matnida «Falastin davlatini tan olish» iborasi «Falastin davlatini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash» iborasi va Isroilga qurol sotish bo‘limidagi «to‘xtatib turish» iborasi «to‘xtatib turish yoki taqiqlash» bilan almashtirilgan. Bosh vazir Jastin Tryudo ham tuzatishga ovoz bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring