Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MY5»da ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qilgani yolg‘on bo‘lib chiqdi (video)

«MY5»da ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qilgani yolg‘on bo‘lib chiqdi (video)

Kadr: «YouTube»

«MY5» telekanalida 2018-yil 1-aprel kuni «Yashirin kamera» ko‘rsatuvi orqali xiyobonlardagi yigit-qizlarning harakatlari tasvirga olingan edi. Ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi telekanalga ogohlantirish xati yuborgan edi.

Kecha, 5-aprel kuni «Qalampir.uz» saytida «MY5» telekanali orqali efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda kamera ob’yektiviga nojo‘ya holatda tushib qolgan qizlardan biri o‘z joniga qasd qilgan, degan xabar tarqatilgan edi. Unda yozilishicha, qiz tinchlantirish uchun iste’mol qilinadigan «Dimedrol» dori vositasidan ko‘p miqdorda ichgan va oradan ko‘p o‘tmay, u 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Bugun, 6-aprel kuni «MY5» telekanali ijodkorlari ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida mazkur shifoxonaga borishdi va qizning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Quyidagi videolavha «MY5» telekanali tomonidan taqdim etildi. Bugun soat 20:20 da bu bo‘yicha maxsus ko‘rsatuv efirga ketadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring