Namanganda qariyb 2 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi

Namangan viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergov qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “N.L.” MChJ mas’ul shaxslari “Yuqori Rovuston” MFY hududidagi ishlab chiqarish binosida elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatib, plomba va ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter