Namanganda YPX inspektori qo‘lga tushdi
Namangan viloyati IIB YXXB YPX inspektori A.R.ga qo‘lga tushdi. U avtomashinasini sug‘urta polisisiz boshqarib ketayotgan R.S.ni «ushlab», unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan. Inspektor kelishilgan pulni (ikki yuz yetmish ming so‘m) bevosita o‘zi emas, fuqaro A. O. orqali olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.R.ga nisbatan JKning 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter