Namangandagi kanalga tushib qaytib chiqmagan 11 yoshli qiz qidirilmoqda

2021-yilning 15 iyun kuni soat 14:30 da Pop tumani FVBga tumandagi «Anhor» MFYda yashagan, 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz mahalla hududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanaliga tengdoshlari bilan birga cho‘milish maqsadida borib, suvga tushgan va qaytib chiqmagan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar qildi.
Bu haqda kelib tushgan tezkor xabardan so‘ng oradan 10 daqiqa o‘tgach, tuman FVB xodimlari voqea joyiga yetib kelib, suv usti qidiruv ishlarini olib borgan.
Soat 16:00 larda Namangan viloyati FVB g‘avvoslari tomonidan kanal yo‘li 4,5 metrlik setka bilan to‘silib, suv osti qidiruv ishlari olib borilgan.
Qidiruv ishlari hozirga qadar (16 iyun) davom etmoqda. Ushbu ishga Namangan viloyati va Pop tuman FVBdan 20 nafar, IIBdan 6 nafar xodim jalb etilib, yerusti va suv osti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter