Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navbatdagi issiqlik to‘lqini kirib kelmoqda

Navbatdagi issiqlik to‘lqini kirib kelmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zgidromet 7-9 avgustga ob-havo prognozini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 7-8 avgustda 38-43°, 9 avgustda 32-37° bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 7 avgustda 37-42°; 8 avgustda 38-43°, ba’zi joylarda 45° gacha; 9 avgustda 36-41° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 7 avgustda 35-40°, 8-9 avgustda 37-42° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 7 avgustda 37-42°; 8-9 avgustda 38-43°, ba’zi joylarda 45° gacha bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 7 avgustda 34-39°, 8 avgustda 36-41°, 9 avgustda 37-42° bo‘ladi.  

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 7-8 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 avgustda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 7 avgustda 25-30°, 8-9 avgustda 27-32° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring