Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda mudhish YTH: 7 kishi halok bo‘ldi, ularning uch nafari bola

Navoiyda mudhish YTH: 7 kishi halok bo‘ldi, ularning uch nafari bola

Foto: «vnnews.ru»

2018-yil 10-oktyabr kuni soat 01:20 atrofida Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 «Qiziltepa—Karmana» yo‘lining 188-kilometrida Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan SHAANXI SX rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

YTH oqibatida «Nexia»da bo‘lgan barcha 7 nafar fuqaro (uch nafari bola) voqea joyida halok bo‘ldi.

Halok bo‘lgan fuqarolar:

G‘afur Rahmatov, 1985-yilda tug‘ilgan;

Intizor Jo‘rayeva, 1986-yilda tug‘ilgan;

Zarnigor Jo‘rayeva, 1991-yilda tug‘ilgan;

Fayoz Shaxriyorov, 1987-yilda tug‘ilgan;

Asadbek G‘ulomov, 2010-yilda tug‘ilgan;

Shoxrux G‘ulomov, 2013-yilda tug‘ilgan;

Firdavs Sobirov, 2016-yilda tug‘ilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring