«Neft va gazni sotib iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz» — Mirziyoyev
Prezident yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish masalasiga to‘xtaldi.
«Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak. Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz.
Bizning «neftimiz» ham, «gazimiz» ham bu – siz kabi tashabbuskor va ishbilarmon tadbirkorlar xom ashyoddan yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlardir», - dedi davlatimiz rahbari.
Mahsulotlar tashqi bozorlarda sifatli, talabgorligi yuqori va raqobatbardosh bo‘lishi uchun ishlab chiqarishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, keskin o‘sish qilish zarurligi ta’kidlandi.
Xalqaro maydondagi vaziyat hisobiga logistika xarajatlari 3-4 baravar oshib ketganini hisobga olib, davlat eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni izchil davom ettiradi. Ular uchun moliyaviy imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
Logistika xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha 100 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, mahsulotlarni xorijda sertifikatlash, xalqaro standartlarni joriy qilish va bu borada mutaxassis tayyorlashga yana 25 million dollar ajratiladi.
«Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi joriy yilda ham davom ettiriladi va dastur bilan qamrab olinadigan korxonalar soni 500 taga yetkaziladi. Ular uchun dasturdagi barcha imtiyozlar davom ettiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter