Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Qatarni terrorchilarni yashirayotganlikda aybladi

Netanyahu Qatarni terrorchilarni yashirayotganlikda aybladi

Binyamin Netanyahu Dohaga qilingan hujumni izohlar ekan, Qatarni terrorchilarni yashirayotganlikda aybladi.

«Men Qatar va terrorchilarni yashirayotgan barcha davlatlarni ogohlantiraman: ularni quvib chiqaring yoki sudga topshiring, aks holda buni biz qilamiz», – dedi u.

Netanyahu, shuningdek, «Isroilni qoralayotgan davlatlar uyalishi kerak»ligini aytadi.

Isroil bosh vaziri nutqini 2001-yil 11-sentyabr voqealariga bag‘ishlab, 2023-yil 7-oktyabr kuni sodir etilgan teraktni unga qiyosladi.

Uning iddaosicha, Isroilning zarbalari Amerikaning Afg‘oniston va Pokistonda “Al-Qoida”ga qarshi olib borgan operatsiyalaridan farq qilmaydi.

O‘z navbatida, Qatar TIV Netanyahuning Doha terrorchilarni yashirayotganligi haqidagi iddaolarini «ahmoqona ayblov» deb atadi. Shuningdek, «Qatar hamkorlari bilan birgalikda Isroil bosh vazirini javobgarlikka tortish va uning mas’uliyatsiz harakatlariga barham berish yo‘lida harakat qilishi» aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Doha «Isroil zarbalari haqida oldindan xabardor qilingan», degan da’volar «mutlaqo yolg‘on»ligini aytgan va Qatar hukumati bir guruh huquqshunoslarga hujum uchun Isroil bosh vazirini javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqishni topshirgan edi.

«Qatar bu oshkora hujumga javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi va zarur choralarni ko‘radi», – degandi Qatar TIV rahbari Os-Soniy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring