Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Netanyahu tez orada urush qaytadan boshlanishini e’lon qildi

Netanyahu tez orada urush qaytadan boshlanishini e’lon qildi

Isroil garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha vaqtinchalik sulh tugashi bilan G‘azo sektoriga hujumlarni davom ettiradi. Bu haqda chorshanba kuni mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu xalqqa videomurojaatida ma’lum qilgan. 

«So‘nggi bir necha kun ichida men savolni eshitdim: garovga olinganlarning qaytarish tugaganidan keyin Isroil harbiy harakatlarni boshlaydimi? Mening javobim aniq, ha», degan Netanyaxu.

Eslatib o‘tamiz, mojaro boshlangandan beri Isroil bombardimonlari va harbiy hujumlari oqibatida G‘azo sektorida misli ko‘rilmagan gumanitar inqiroz vujudga keldi. G‘azo sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, 13 mingdan oshiq odam halok bo‘lgan. Ularning salmoqli qismi voyaga yetmagan bolalardir. 

Avvalroq HAMAS va Isroil muvaqqat sulhni uzaytirgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring