Nig‘matilla Yo‘ldoshev Bosh prokuror etib tayinlandi

Avvalroq Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2015-yildan beri Oliy Majlis Senati raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Nig‘matulla Yo‘ldoshev 1962-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan. 1987-yildan 2011-yilgacha prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2008-2011-yillarda Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan.
Nig‘matulla Yo‘ldoshev 2011-yilda Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 2015-yil yanvariga qadar ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter