Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venesuela prezidentiga nima sababdan suiqasd uyushtirilgani ma’lum bo‘lyapti

Venesuela prezidentiga nima sababdan suiqasd uyushtirilgani ma’lum bo‘lyapti

Foto: «InoSMI»

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirganlikda gumon qilingan 6 kishi qo‘lga olindi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Jahon afkor ommasi bu qo‘poruvchilikni qattiq qoraladi. Maduro qo‘poruvchilikda AQSh va Kolumbiyaning qo‘li borligini ma’lum qildi. Biroq ushbu davlatlar voqeaga umuman aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.

Jahondagi eng yirik neft zaxiralariga ega bo‘lgan Venesuela AQShning iqtisodiy sanksiyalari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan bir paytda mamlakat rahbariga suiqasd uyushtirilishi hammani tashvishga soldi.

Mamlakat xavfsizlik kuchlari mehmonxonalar, mashinalarni ta’qib qilib, 6 nafar shubhali kishini qo‘lga oldi.

Ichki ishlar vaziri Nestor Reverol qo‘lga olingan 6 kishidan ikki nafari avval ham suiqasd uyushtirishda qatnashganini ma’lum qildi.

Shubhali kimsalardan biri 2014-yili 100 ziyod kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan qo‘poruvchiliklarda qatnashgan ekan.

Politsiya xodimlari Maduroga suiqasd uyushtirilgan joy atrofidagi mehmonxonalarga bostirib kirib, u yerda portlovchi moddalar joylashtirilgan bitta «C-4» rusumli dronni qo‘lga kiritgan. 

Milliy gvardiyaning 81-yubileyini o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirda dronlardan birini mamlakat rahbari Maduroning oldida, ikkinchisini esa ustida portlatish rejalashtirilgan ekan.

Dronlardan biri urib tushirilgan.

Mamlakat prezidenti Maduroga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring