Nishimura kometasi Yerga yaqinlashmoqda
Astronomlar 2023 yil 13 sentyabr kuni Nishimura kometasi Yerga eng yaqin 34 million kilometr masofada bo‘lishini ma’lum qildi.
Moskva planetariysi ma’lumotlariga ko‘ra, 18 sentyabr kuni «dumli» kometa Quyoshga 33 million kilometr masofada yaqinlashadi, shu kuni Nishimura kometasi perigeliondan o‘tadi.
«2023 yilning 11 avgustidan 12 avgustiga o‘tar kechasi yapon astronomi Xideo Nishimura zaif tumanlik jismini topdi — u kometa bo‘lib chiqdi! Kashfiyot Kichik sayyoralar markazida rasman tasdiqlandi va Nishimura nomini oldi. Kometa har kecha yorqinroq bo‘lib bormoqda, uni hatto diametri 15 sm bo‘lgan havaskor teleskoplarda tong otguncha bir necha soat davomida kuzatish mumkin. 2023 yil 13 sentyabrda Nishimura kometasi Yerga eng yaqin masofada joylashgan bo‘ladi», deyiladi Moskva planetariysi xabarida.
Sentyabr oyida Nishimura kometasi teleskopsiz ham ko‘zga ko‘rinadimi?
Buning ehtimoli bor. Quyoshga yaqinlashganda, kometa bug‘lanadi va unda gaz va chang dumi o‘sishni boshlaydi, bu bugungi kunda astronom-kuzatuvchilar tomonidan qayd etilgan. Sentyabr oyining o‘rtalarida kometa yorqinlashadi va uni ochiq havoda ko‘z bilan kuzatish mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter