Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodirbek Abdusattorov Bokuda yetakchilik qilmoqda

Nodirbek Abdusattorov Bokuda yetakchilik qilmoqda

Kecha, 18 dekabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha «Vugar Gashimov» xotirasiga bag‘ishlangan VIII xalqaro turnir boshlandi.

Dunyoning 10 nafar eng nomdor grossmeysteri qatorida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ortda qolgan 3 ta turning barchasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. 

Birinchi turda ispaniyalik Fransisko Valexoni 1:0 hisobida mag‘lub etgan Abdusattorov 2-turda ozarbayjonlik Aydin Suleymanlini va 3-turda jahon nomdor Shaxriyar Mamedyarovni dog‘da qoldirib, 6 ochko bilan musobaqa yetakchisiga aylandi. 

Bugun xalqaro turnirning rapid yo‘nalishidagi qolgan tur o‘yinlari bo‘lib o‘tsa, undan keyin ishtirokchilar blits bahslarida ishtirok etadi. 

Xalqaro turnirda Nodirbek Abdusattorov 6 ochkoni qo‘lga kiritgan tarzda peshqadamlik qilmoqda. 5 ochkoga ega ozarbayjonlik Rauf Mamedov 2-o‘rinda bormoqda. Ulardan keyingi pog‘onalarni 4 ochko jamg‘argan amerikalik Samuel Shenklend, ispaniyalik Fransisko Valexo, xitoylik Van Xao band etgan. Hozircha 2 ochkoga ega Rapport, Mamedyarov, Gukesh, 1 ochko qo‘lga kiritgan Gadimbeyli, hali bironta ham ochkoga ega bo‘lmagan Suleymanli so‘nggi o‘rinlarda bormoqda. 

Iste’dodli shaxmatchimiz qatnashayotgan xalqaro musobaqa 24 dekabrga qadar davom etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring