Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodirbek Abdusattorov — jahon chempioni!

Nodirbek Abdusattorov — jahon chempioni!

Foto: «Chess.com»

Varshavada shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov — rapid (tezkor shaxmat) yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi!

9,5 ochko bilan tay-breykka chiqqan Nodirbek rossiyalik Yan Nepomnyashiyni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi: avvaliga qora donalarda o‘ynagan yurtdoshimiz durang qayd etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda oq donalarni surib, o‘yinda to‘liq ustunlikni saqlagan holda raqibi ustidan zafar qozondi. Bu o‘yin uning chempionligi uchun yetarli bo‘ldi.

Nodirbek rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempioni!  

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov shaxmat qiroli, mutlaq jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergandik.

Nodirbek turnir davomida Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfand kabi dongdor raqiblari ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbek shaxmati 2021 yilni yorqin g‘alaba bilan kuzatmoqda. 

Shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempionlari

  • Anatoliy Karpov (Sobiq Ittifoq, 1988)
  • Garri Kasparov (Rossiya, 2001)
  • Vishvanatan Anand (Hindiston, 2003)
  • Levon Aronyan (Armaniston, 2009)
  • Gata Kamskiy (AQSh, 2010)
  • Sergey Karyakin (Rossiya, 2012)
  • Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2013)
  • Magnus Karlsen (Norvegiya, 2014)
  • Magnus Karlsen (Norvegiya, 2015)
  • Vasiliy Ivanchuk (Ukraina, 2016)
  • Vishvanatan Anand (Hindiston, 2017)
  • Daniil Dubov (Rossiya, 2018)
  • Magnus Karlsen (Norvegiya, 2019)
  • Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2021)
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring