Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov qiyin vaziyatga tushib qoldi

Nodirbek Abdusattorov qiyin vaziyatga tushib qoldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2024» turniri o‘zining yakuniy palalsiga kirdi.

O‘n ikkinchi tur oldidan yaqqol peshqadam bo‘lib turgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Vidit Gujratiga qarshi dona surib, yutqazib qo‘ydi.

Vidit ochkolari sonini 7,5 taga yetkazib, musobaqa peshqadamiga aylanib olgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov shuncha ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga tushib qoldi.

Ertaga turnirning so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Nodirbekka ukrainalik Aleksandr Donchenko raqiblik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring