Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nohaq ayblangan 4 ming kishi so‘nggi olti yilda oqlandi

Nohaq ayblangan 4 ming kishi so‘nggi olti yilda oqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-noyabr kuni odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi olti yilda sud tizimiga oid 50 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Shu davrda nohaq ayblangan 4 ming kishiga oqlov hukmi chiqarilgan, 26 mingdan ziyod shaxs sud zalidan ozod qilingan, 47 ming fuqaroga nisbatan tergovda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.

Sud tizimiga ishonch ortgani iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, olti yilda korxonalar soni 2 baravarga oshib, 530 mingtaga yetgan. Yurtimiz iqtisodiyotiga 39 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib kelgan. Bugungi kunda 15 mingdan ortiq xorijiy va qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring