Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nohaq ayblanib 20 yil qamoqda o‘lim jazosini kutgan kishi uylandi

Nohaq ayblanib 20 yil qamoqda o‘lim jazosini kutgan kishi uylandi

Foto: «Diletant-ik.ru»

Amerikaning Missisipi shtati Grenada shahrida yashovchi kishi noto‘g‘ri ayblovlar bilan 20 yildan ortiq qamoq jazosini o‘tadi. U ozodlikka chiqqanidan bir yil o‘tib uylandi. Bu haqda Clarion Ledger xabar bermoqda.

1996-yilda Missisipi shtatining Vaynona shahrida qora tanli Kertis Flauers to‘rt kishining qotilligida aybdor deb topishgan. Qurbonlarning barchasi do‘kon ishchilari bo‘lishgan. Kertis esa bir necha hafta oldin u yerdan ishdan bo‘shatilgan edi. Flauers aybini tasdiqlovchi ishonchli dalillar yo‘qligiga qaramay, aybdor deb topilgan. U 20 yildan oshiq umrini qamoqda o‘tkazgan. Shu vaqt davomida o‘lim jazosi ijro etilishini kutib kun kechirgan.

2019-yil dekabrda Oliy sud qaroriga binoan, sud jarayonida Flauersning konstitutsiyaviy huquqlari buzilgan deb topildi. Shundan so‘ng u qamoqdan ozod qilindi. Buni qarangki, uning ishi bo‘yicha o‘tkazilgan oltita sud yig‘ilishida ishtirok etgan 72 sudyaning 61 nafari oq tanli bo‘lishgan. Ishni ko‘rib chiqish natijasida erkakka qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilindi.

20-mart kuni Flauers Marlena Raytga uylandi. Er-xotin ozodlikka chiqqanidan so‘ng to‘y qilishni rejalashtirib qo‘yishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring