Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norvegiyada chaqmoq urishi oqibatida 300ga yaqin bug‘u halok bo‘ldi

Norvegiyada chaqmoq urishi oqibatida 300ga yaqin bug‘u halok bo‘ldi

foto: Ohotniki.ru

Norvegiyada shimol bug‘ularining o‘ligi topildi. «Tog‘larda 300 ga yaqin jonivor g‘alati tarzda nobud bo‘ldi», deb xabar bermoqda  «Ohotniki.ru» telegram-kanali.

Mahalliy mutaxassislar dastlab hayvonlar noma’lum kasallikdan nobud bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchisini qidirishni boshladilar, lekin hech qanday xavfli virus aniqlanmadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, barcha hayvonlar bir vaqtning o‘zida chaqmoq urishidan nobud bo‘lgan.

Xuddi shunday holat 2016-yilda ham qayd etilgan edi. Xardangerviddagi qo‘riqxonaga tushgan chaqmoq 300dan ziyod o‘tlab yurgan bug‘ularni nobud qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring