Notariusda ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Notarial xizmatlar ko‘rsatishda ayrim talablar bekor qilinadi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan respublikada notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari nusxasini “Notarius” axborot tizimi (Tizim) ga majburiy yuklash tartibini joriy etish orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab qilish bekor qilinadi.
Bunda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar elektron qurilmalarda saqlanadi hamda ularni Tizimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri notarial harakatga biriktirish va saqlash imkoniyati yaratiladi.
2026-yil 1-yanvardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun notariusga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish talabi bekor qilinadi.
Bunda fuqarolarning shaxsi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari orqali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda biometrik ma’lumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi.
2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk va undagi ulushlar bilan bog‘liq barcha bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi.
So‘ng, ko‘chmas mulk ob’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi ma’lumotlar kommunal xizmatlar tashkilotlarining elektron axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi va ma’lumotlar bazalarida yangilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter