Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chaqaloq o‘zining dafn marosimida yig‘lab yubordi

Chaqaloq o‘zining dafn marosimida yig‘lab yubordi

Foto: «Med.news.am»

Hindistonning Rajaston shtatida tibbiyot xodimlarining xatosi tufayli o‘lik deb topilgan yangi tug‘ilgan qizaloq o‘zining dafn marosimida yig‘lab yubordi. Bu haqda «Times of India» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, tug‘uruqni qabul qilgan hamshira go‘dakni o‘lik tug‘ildi deb o‘ylagan. Shundan so‘ng uni polietilen xaltaga o‘rab, ko‘mib kelish uchun onasining qo‘liga tutqazgan.

Chaqaloqning qarindoshlari dafn marosimiga hozirlik ko‘rishayotgan paytda qizaloq birdan yig‘lab yuborgan. Otasi shu zahoti «Tez yordam» chaqirgan. Baxtga qarshi, shifokorlar oradan bir yarim soat o‘tgach yetib kelishgan. Bu vaqtga kelib qizaloqning ahvoli yomonlashib, jon taslim qilgan.

Go‘dakning oilasi shifoxona xodimlarini sovuqqonlikda ayblashmoqda. Tibbiyot xodimlari o‘z ayblarini inkor etishmoqda. Ular qarindoshlari o‘lim holati rasman tasdiqlanmasdan go‘dakni olib ketishganini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring