Nurafshonda gaz chaqnashi oqibatida bir kishi qurbonga aylandi
![Nurafshonda gaz chaqnashi oqibatida bir kishi qurbonga aylandi](https://xabar.uz/static/crop/1/0/920__95_1065580289.jpg)
27-aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.
Buning oqibatida binoning ikkinchi qavatiga jiddiy zarar yetgan. FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan.
Mazkur holatning tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy manbalar orqali berib borilishi ma’lum qilindi.
Bir necha oy avval Qarshi shahrida ham gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter