Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NYT: AQShda koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud

NYT: AQShda koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud

Amerika razvedka xizmatlarida koronavirusning yangi turini kelib chiqishini aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlar mavjud. Bu haqda rasmiylar ma’lumotlariga asoslanib New York Times xabar qildi.

OAV xabarlariga ko‘ra, mavjud ma’lumotlar qo‘shimcha kompyuter tahlillarini talab qiladi. Shu bilan birga, manbalar hozirgi vaqtda qayta ishlanmagan ma’lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortganlar.

Aytilishicha, ma’lumotlarda kasallikning Uxandagi labaratoriyadan tarqalish sabablari ko‘rsatilgan.

Avvalroq Wall Street Journal Amerika razvedkasining hisobotiga asoslanib maqola e’lon qildi. Unda Uxan virusologiya institutining uch xodimi 2019-yil noyabr oyida, yangi turdagi koronavirus haqida birinchi xabarlar paydo bo‘lishidan oldin og‘ir kasal bo‘lgani aytiladi.

Nashrning ta’kidlashicha, razvedka hisoboti Vashingtonning Xitoy laboratoriyasidan koronavirus sizib chiqish ehtimoli versiyasini tekshirgan.

Keyinchalik, Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan institut xodimlarining og‘ir kasalligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden razvedka xodimlariga 90 kun ichida patogen kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv natijalari to‘g‘risida xabar berishni buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring