Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV uchun kontent tayyorlash markaziga tayinlovlar amalga oshirildi

OAV uchun kontent tayyorlash markaziga tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan:

  • Qobuljon Xoliqovich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori lavozimiga;
  • Husan Ravshanovich Salixov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
  • Jahongir Muhammadali o‘g‘li Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qobuljon Ahmedov bungacha «MY5» telekanalining bosh direktori bo‘lgan, tayinlovga qadar MTRKning «Yoshlar» ijodiy birlashmasi direktori lavozimini egallab kelgan.

Husan Salixov – taniqli rejissyor, tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan.

Jahongir Abdurahmonov tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant lavozimini egallab kelgan, bundan avval «UZREPORT» telekanalida shef-muharrir bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring