Obid Asomov 55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Taniqli qiziqchi va aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov bundan bir necha kun muqaddam poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgani xabar qilingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning tasdiqlashicha, Obid Asomov bugun, 14-dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir yurak infarkti sabab hayotdan ko‘z yumgan.
Obid Asomov O‘zbekfilm qoshidagi «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
«Xabar.uz» tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter