O‘FF Prezidenti: «Vadim Abramov o‘zbek futboliga kerak emas»
![O‘FF Prezidenti: «Vadim Abramov o‘zbek futboliga kerak emas»](https://xabar.uz/static/crop/2/8/920__95_2852744882.jpg)
Vadim Abramov.
«Vadim Abramov zamonaviy futboldan orqada qolib ketgan, unda eskicha fikrlash mujassam», dedi O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida.
«Menimcha, o‘zbek futboliga bunday odamlar kerak emas. U 16 jamoani xohlaydi, chunki uning «Neftchi»si (mavsum yakuniga ko‘ra 15-o‘rin) yangi formatda Pro-ligaga tushib ketishi kerak. Pastki ligada esa u ishlashni istamaydi. Unda nega vaqtliroq uyg‘onmadi. Agar shunchalik usta bo‘lsa, klubni Pro-ligidan Superligaga chiqarishga harakat qilsin. Agar ishlashni istamasang, yoshlarga o‘rningni bo‘shat. Biz bundaylar bilan kelishib, oldinga harakatlana olmaymiz», izoh bergan O‘FF rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter