Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulqodir Masharipovga og‘ir jazo tayinlandi

Abdulqodir Masharipovga og‘ir jazo tayinlandi

Foto: «haber7.com»

2017-yil 1-yanvarda Istanbuldagi tungi klubda sodir etilgan terakt uchun o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga 40 ta umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, Masharipov aybini tan olmadi. Unga ko‘ra, u qiynoq va bosim ostida ko‘rsatmalar bergan. Shuningdek, u barmoq izlarini tekshirish bo‘yicha so‘rovi qondirilmaganligini aytdi.

32 yoshli Masharipov O‘zbekistonda tug‘ilgan.

Terroristik hujum 39 kishini hayotdan olib ketdi. Terrorchi «Reina» tungi klubiga tashrif buyurganlarga qarata o‘t ochib, keyin qochib ketadi. IShID ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, otishmadan keyin Masharipov oshxonaga kirib, u yerda kiyimlarini almashtirib, klubni tark etgan. U uyiga taksida yetib boradi va pulni to‘lamaydi, chunki puli hujum joyida qoldirilgan kurtkada edi. Olay nashri yozishicha, terrorchining shaxsini aniqlashda aynan taksi haydovchisi yordam bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring