Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar dunyoning eng ifloslangan daryolarini topishdi

Olimlar dunyoning eng ifloslangan daryolarini topishdi

Foto: «DailyMail.co.uk»

Berlindagi Helmhols markazining atrof-muhit va salomatlik bo‘yicha tadqiqotchilari Osiyo va Afrika daryolarida millionlab tonna plastik chiqindilar borligini aniqlashdi. Ifloslanishning bosh aybdorlari nomlari ham keltirildi, «Daily Mail» yozishicha, bular — Yanszi va Gang daryolari.

Janubi-Sharqiy Osiyodagi ekologik vaziyat o‘rganilganda, Xitoydagi Yanszi (yuqoridagi suratda) dunyoning eng notoza daryosi bo‘lib chiqdi — uning suvlariga qo‘shilib Sariq dengizga yiliga kam deganda 1,5 million tonna chiqindi va plastiklar oqib kelyapti.

Atrof-muhitni ifloslashda boshqa yirik daryolar ham Yanszidan qolishmaydi, mana ular — Gang, Hind, Niger, Nil, Mekong, Xuanxe, Xayxe, Amur va Chjutszyan.

Hindlarning muqaddas Gang daryosi suvi o‘ta zaharlangan va chiqindilar bilan to‘lib-toshgan — unda nafaqat maishiy, balki sanoat chiqindilarini ham uchratish mumkin.

Olimlar bong urishmoqda: shu ketishda bir necha yillardan so‘ng dunyo okeaniga milliardlab tonna chiqindilar oqib kela boshlaydi, alaloqibat ummon hayvonot dunyosiga qirg‘in kelib va bundan eng katta jabrni insoniyatning o‘zi ko‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring