Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar hayotni 28 yilga uzaytirish yo‘lini ma’lum qilishdi

Olimlar hayotni 28 yilga uzaytirish yo‘lini ma’lum qilishdi

Karolinska instituti (Shvetsiya) tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, alkogoldan uzoq bo‘lish hayotni 28 yilga uzaytirishi mumkin. Bu haqda Express nashriga tayanib Mir24 xabar bermoqda.

Ushbu xulosaga kelish uchun bir guruh olimlar spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlarning umr ko‘rish davomiyligini kuzatdilar. Kuzatishlar taxminan 20 yil davom etgan. Ushbu guruhda turli xil kasalliklar va kasalliklardan o‘lim darajasi aniqlangan. Alkogol iste’mol qiluvchilarning  hayoti o‘rtacha 28 yilga qisqargani kuzatilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, spirtli ichimliklar, hatto kichik dozalarda bo‘lsa ham, saraton, jinsiy zaiflik, bepushtlik va iktidorsizlikning rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar yurak, jigar va miyaga zarar yetkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring