Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlarni jalb qilgan holda yangi dorilarni ishlab chiqaradigan korxonalarga kompensatsiya beriladi

Olimlarni jalb qilgan holda yangi dorilarni ishlab chiqaradigan korxonalarga kompensatsiya beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika texnik universitetining professor-o‘qituvchilari ham ilmiy faoliyatini farmapark hududida olib boradi.

Oliygoh talabalari esa bu yerdagi korxonalarda dual-ta’lim asosida o‘qib, ishlaydi.

Sohadagi olimlarni jalb qilib, yangi dorilarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning 100 ming dollargacha xarajati Farmatsevtika jamg‘armasidan kompensatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, korxonalar mahalliy olimlar yaratgan yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, ularga ushbu tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va klinik sinov xarajatlari uchun 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Yig‘ilishda farmatsevtika korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Avvalroq joriy yilda farmatsevtika bo‘yicha 1 milliard dollarlik yangi loyihalarni shakllantirib, boshlash zarurligi qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring