Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onasi ayiqning qafasiga uloqtirgan qizaloqning holati haqida SSV ma’lumot berdi

Onasi ayiqning qafasiga uloqtirgan qizaloqning holati haqida SSV ma’lumot berdi

Kecha, 28-yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qizaloqning holati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

2018 yilda tug‘ilgan  qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va  bosh miya chayqalishi kuzatilgan.  Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, 3 yoshli qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring