Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV: «Onlayn maktab bahonasida ayrim ota-onalar bolalarini boshqa ishga band qilish hollari uchramoqda»

XTV: «Onlayn maktab bahonasida ayrim ota-onalar bolalarini boshqa ishga band qilish hollari uchramoqda»

AOKAda o‘tgan brifingda Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova aholidan tushayotgan savollarga javob qaytardi.

Maktabimizda o‘qituvchilar o‘quvchilardan an’anaviy o‘qishga qaytishini so‘ramoqda, shu to‘g‘rimi?

Bugungi kunda onlayn maktab bahonasida ayrim ota-onalar tomonidan farzandini maktabga yubormaslik, farzandini masofadan dars qilishini ta’minlash o‘rniga, ko‘chada yurishiga yoki boshqa ishlar bilan band qilish holatlari uchrayotganining guvohi bo‘lyapmiz.

Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan, uyda bolaning maktabga borishiga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy sabab, ya’ni kasallik holati mavjud bo‘lmasa, maktabga yuborishlarini so‘rab qoladi.

Zero, bolaning zoye o‘tayotgan har bir kuni uning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, bolaning maktabda ta’lim olish jarayonini hech qanday eng rivojlangan zamonaviy texnologiya ham o‘rnini bosolmaydi.

«Onlayn maktab» loyihasi an’anaviy ta’lim to‘liq tiklangan holatda ham, doimiy ravishda o‘z faoliyatini davom ettiradi, ushbu loyiha bolaning darsdan tashqari qo‘shimcha sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring