Oq kit shaklidagi samolyot taqdimoti o‘tkazildi

Fransiyaning Tuluza shahrida «Airbus» kompaniyasi oq kitni eslatib yuboruvchi «BelugaXL» (Airbus A330-700L) rusumli samolyotning taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Havo kemasi boshqa samolyotlarning ehtiyot qismlarini va parchalarini tashishga mo‘ljallangan.
Tashqi ko‘rinishi kitnikiga o‘xshaydigan yangi havo kemasi asl «Beluga» modelidan 6 metr uzun, 1 metr keng.
Bu samolyot amaldagi turdoshidan 6 tonna ko‘proq yuk tashish quvvatiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter